Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/09/2019
Chop etish
Viloyat musiqali drama teatirining 98-mavsumi ochilish munosabati bilan o‘tkazilgan Mirkarim Osim asari asosida sahnalashtirilgan “To‘maris” spektakli prem’erasi

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Jizzax musiqali drama tetri bosh binosida teatrning 98-mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyati hokimlik vakillari, Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari, Jizzax davlat pedagogika institutining 20 nafar professor-o‘qituvchilari hamda 400 nafar talaba-yoshlari, shuningdek Jizzax viloyat Milliy gvardiya harbiy bo‘linmasi xizmatchilari ishtirok etishdi.


Tadbirda viloyat hokimlik vakillari hamda viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari tomonidan teatr ma’muriyatini ushbu kun bilan tabriklashdi. Tadbirning badiiy qismida taniqli adabiyotshunos olim Mirkarim Osim asari asosida teatr bosh rejissyori Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirlgan “To‘maris” spektakli namoishi tomoshabinlarga taqdim etildi.

Ushbu sahnalashtirilgan dramatik asar spektaklni tomoshabinlar tomonida iliq qarshi olindi. Dramatik asarda Massagetlar malikasi To‘marisning afsonaviy jasorati turli qarama qarshilik va to‘qnashuvlar, shu jumladan xarakterlar va maqsadar to‘qnashuvi orqali badiiy tasvirlandgan. Asarda to‘maris nafaqat sharq ayoli timsoli, balki “vatan har narsadan ulug‘ va aziz” degan g‘oyani ilgari suruvchi qahramon sifatida gavdalantirilganligi bilan ham e’tiborga loyiq.


Ulashish:
1 401
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.