Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/02/2026
Chop etish
Tyutorlar kompetensiyasini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida tyutorlarning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, pedagogik mahoratini oshirish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Seminarni R. Ishmuxamedov olib bordi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, mentorlar hamda fakultetlar bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat ishlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Dastur doirasida o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish strukturasi, o‘quvchi-bolalar bilan pedagogik didaktik o‘yinlar o‘tkazish metodikasi, tarbiya texnologiyalari, tadbirlarni tayyorlash metodikasi, xalq an’analari va urf-odatlari tarbiya vositasi sifatida hamda o‘qituvchi odobi va madaniyatiga oid pedagogik deontologiya mavzulari qamrab olindi.

Shuningdek, seminar davomida mentorlar ishtirokida davra suhbatlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan interaktiv mashqlar bajarildi.


Ulashish:
240
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...