Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2022
Chop etish
“Temur tuzuklari bilimdoni” zakovat intellektual shousi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi tashabbusi bilan  “Temur tuzuklari bilimdoni” zakovat intellektual shousi o‘tkazildi. Zakovat bellashuvida  Amir Temurning shoh asari bo‘lgan “Temur tuzuklari” kitobini sinchkovlik bilan o‘qigan va uqqan magistrlardan tashkil topgan 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Mazkur intellektual o‘yinda qatnashchilar “Amir Temur va bugungi zamon”, “Amir Temurning harbiy saboqlari” hamda “Amir Temur o‘gitlari bilimdoni” kabi mavzular asosida tuzilgan murakkab savollarga  javob berishga harakat qilishdi. Ta’kidlash joiz jamoalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib bordi.

 

“Sohibqiron  Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan «Temur tuzuklari» asarini qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish har qaysi ziyoli inson uchun juda foydali ekanini hammamiz bilamiz. Bugungi tanlovda ishtirok etayotgan yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida  albatta milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi.”  – deydi institut rektori Sh.Sharipov

 

Darhaqiqat  Sohibqiron bobomiz bizga meros qilib qoldirgan «Tuzuklar»ni o‘qigan borki, o‘zid katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘ladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar saltanat tashvishi bilan yashagan inson, buyuk davlat arbobining o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishdi.

Tomoshabinlar olqishi ostida qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tgan Zakovat intellektual shousida g‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik uchun qimmatbaho sovg‘alar va maxsus  diplomlar topshirildi. Institut Magistrlar bo‘limi magistrlari tomonidan Sohibqiron Amir Temur hayoti bilan bog‘liq teatrlashtirilgan sahnaviy ko‘rinishlar tadbirga yakun yasadi.

 


Ulashish:
1 589
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.