Uncategorized
Uncategorized
|
10/05/2019
Chop etish
Tarix fakultetida 5 ta muhim tashabbus doirasidagi aprel-may oylariga mo‘ljallangan dastur ijrosi amalda

Bugun 10-may kuni tarix fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19-mart kuni ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusiga oid Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakultetining aprel-may oylariga mo‘ljallangan dasturining bandlarini bajarish maqsadida fakultet talabalari yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaev, tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi G.Mo‘minova, MG‘, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi E.Mallaevalar rahbarligida Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
Talabalarga muzeyning “Tarix”, “Arxeologiya”, “Etnografiya”, “San’atshunoslik” va “Tabiatshunoslik” bo‘limlaridan joy olgan eksponatlar birma-bir tanishtirildi. Ushbu muzey fondidan joy olgan osori-atiqalar Jizzax vohasi tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Talabalarda ayniqsa “Tarix” va “Arxeologiya” bo‘limlaridan joy olgan eksponatlar katta ta’surot qoldirib yana bir bor vatanimiz tarixiga qiziqishlari ortishiga sabab bo‘ldi.

                                                                                                                                                                                                                                                          Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: F.Akchaev

 


Ulashish:
2 189
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...