Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/11/2020
Chop etish
“Ta’limning inqirozi –bu millat inqirozidir” Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani ana shunday nomlandi.

Jizzax viloyatdagi barcha tashkilotlar matbuot xizmati rahbarlari, OAV xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanini institut rektori Sh. S. Sharipov  kirish so‘zi bildan ochib berdi. U o‘z so‘zida  davlat rahbari  rahnamoligida ta’lim tizimida amalga  oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalar ekan bu islohotlar Jizzax davlat pedagogika institutida  ham o‘z samarasini

ko‘rsatayotganini, So‘nggi yillarda o‘qishga  qabul qilish kvotalari o‘sgani natijasida Jizzax davlat pedagogika institutida 2020/2021-o‘quv yilidan da fakultetlar soni 10 tadan 12 taga oshgani, ayni damda oliygohda   14 mingga yaqin talabaga 574 nafar professor o‘qituvchilar ta’lim tarbiya berishayotgani ta’kidlab o‘tdi. Aytish joiz o‘tgan qisqa vaqt mobaynida  Jizzax davlat pedagogika institutida 30 ga yaqin himoyalar bo‘ldi. Oliygohdagi  o‘qituvchilarimiz  turli  ilmiy daraja sohibi bo‘lishdi.

 

 

Shuningdek  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2020 yil 5 iyundagi 158-sonli qarori bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti huzurida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi  Ilmiy kengash tuzilishiga ruxsat berildi. 2019-2020o‘quv  yildan e’tiboran institut bir qancha nufuzli xorijiy oliygohlar bilan turli muzokaralar olib borib shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘linganligi haqida ham ma’lumotlar berildi. Matbuot anjumani so‘ngida OAV vakillari ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, innovatsion yangiliklar, kelgusidagi rejalar bilan bog‘liq  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

 

Jizzax davlat pedagoigka instituti axborot xizmati .


Ulashish:
1 084
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.