Uncategorized
Uncategorized
|
16/06/2020
Chop etish
Ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda bitirgan abiturientlardan to‘lov undirish tartibi saqlab qolinadi

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirish tartibi 2020 yilda ham saqlab qolinadi. Bu haqida yangi o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan imtihonlarda ishtirok etishi uchun to‘lov miqdori 111 500 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari)ni tashkil etmoqda.

«Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar onlayn topshirilganda mablag‘ni turli to‘lov tizimlari (Payme, Click, Paynet singari) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Abiturientda mazkur to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, unga hisob raqami chiqarib beriladi, bankka borib to‘lovni amalga oshiradi. Bu borada to‘lovning har qanday usuli orqali imkoniyat yaratish masalasi ko‘rilmoqda», dedi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musaev.

Davlat test markazi direktori Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov summasini hujjatlarni qabul qilishning eng oxirgi muddati – 20 iyulgacha o‘tkazish mumkin.

«Abiturient hujjatlarini 1 iyulda topshirgan taqdirda ham, to‘lovni 20 iyulgacha topshirishi mumkin», dedi u.

Ma’lumot uchun, abiturientlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barcha hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (dtm.uz) orqali topshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun to‘lov undirilishi belgilangan edi. Masalan, 2019 yilda va undan avval maktabni (kasb-hunar kollejini, akademik litseyni yoki oliy ta’lim muassasasini) bitirgan abiturientlar 2020 yilda to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi. To‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarini tashkil etadi

 


Ulashish:
1 172
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.