Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2026
Chop etish
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish davomida 10 ga yaqin xonadondagi yashash sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari ko‘zdan kechirildi. Barcha xonadonlar holati “yashil” hudud sifatida baholandi.

Shuningdek, talabalar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlarda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari va yoshlarning huquqiy mas’uliyati haqida tushuntirishlar berildi.

Bunday o‘rganishlar talabalarning xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash va ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.


Ulashish:
45
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi. O‘rganish davomida 10 ga yaqin xonadondagi yashash sharoitlar,...