Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2026
Chop etish
Talabalar o‘rtasida “Munozara” debat klublari universitet bosqichi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z fikrini erkin hamda asosli ifoda etish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan “Munozara” debat klublari universitet bosqichi o‘tkazildi.

Unda faol, tashabbuskor va izlanuvchan talabalar ishtirok etdi.

Bahslar davomida ishtirokchilar ijtimoiy tengsizlik, iqlim o‘zgarishi, korrupsiyaga qarshi kurash, oilada farzand tarbiyasi hamda erkak va ayol huquqlarining tengligi kabi dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini debat shaklida bayon etib, qarashlarini dalillar asosida himoya qildilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogika oliy maktabi;

2-o‘rin – Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi;

3-o‘rin – Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi.

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.


Ulashish:
231
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...