Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalik davrining unutilmas lahzalari, do‘stlik va ijodiy izlanishlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.







Talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar va ijodiy chiqishlar oqshomga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.








Samimiy muhitda o‘tgan tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodlarini namoyon qilish hamda o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.








Universitet talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yoshlarning nafaqat ta’lim olishi, balki ijodiy salohiyatini rivojlantirishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham imkoniyat yaratmoqda.
