Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2020
Chop etish
Talabalar B. Pasternak  Ijodi  bilan tanishishdi.

BORIS PASTERNAk 130 yilligi munosabati bilan tadbirlar  bo‘lib o‘tmoqda .

Boris Pasterna, rus she’riyatini yuksaklarga ko‘targan  ulkan shoir. Uning mag‘zi to‘q, tig‘iz tasvirli, bosiq hayajonli she’riyati qariyb bir asrdan buyon endigina yozilganday yuraklarni hayajonlantirib kelyapti. Shoir — Nobel mukofoti laureati.

 Nobel mukofoti laureati Boris Pasternakning o‘lmas ijodi va hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida  Jizzax davlat pedagogikai instituti   Xorijiy tillar fakulteti “ Rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan  1-son talabalar turar joyida   tadbir tashkillashtirildi. Unda  rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari  B. Pasternakning xayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berish bilan bir qatorda uning ijodidan namunalar ham o‘qib berishdi.

San’atshunoslik fakultetining  Musiqa yunalishi talabalari  va 6- umumta’lim maktabining  o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan  musiqiy chiqishlar barcha ishtirokchilarni xushnud etdi.

                                                                                                                                                               Jizzax davlat pedagogikai instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 041
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.