Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2021
Chop etish
Talaba teatr studiyalari tomoshalari davom etmoqda…

Teatrga oshno insonning ko‘ngli toza, vijdoni pok bo‘ladi teatr qadriyatini, san’atga bo‘lgan muhabbatni yoshlarning qon-qoniga singdirish har jabhada faol, sahna hayotiga qiziqqan iqtidor sohiblarini aniqlash maqsadida bugun Jizzax davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida talaba teatr studiyalari tashkil topgan. Mana bir necha kundirki ana o‘sha jamoalar tomonidan sahnalashtirlgan spektakllar navbati bilan namoyish etib kelinmoqda.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida Maktabgacha ta’lim fakulteti  iqtidorli talabalari tarkibidan iborat “Ijod” teatr studiyasi tomonidan “Taqdir zarbalari” spektakli namoyish etildi. Odam savdosiga qarshi kurash kabi dolzarb mavzuni o‘z ichiga olgan ushbu spektakl ta’sirli sahna ko‘rinishlari bilan tomoshaga yig‘ilganlarda  yaxshi taassurot qoldirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

 

—Mana shunday sahnaga chiqib, ustozlar qolaversa tengdoshlar ko‘z o‘ngida inson dardi va kechinmalarini rollar orqali ijro eta olishning o‘zi ham jasorat. Jizzax davlat pedagogika instituti mana shunday jasoratga ega eng sara iste’dodli yoshlardan iborat teatr studiyalari bugun o‘zlarining sahnalashtirgan spektakllarini bilan ma’naviyatni, ezgulikni targ‘ib etishmoqda. Barcha  teatr jamoalarga qolaversa Ijod teatr studiyasiga bu ishda ko‘makchi bo‘layotgan ustozlarga bir olam ma’naviy zavq olgan tomoshabin sifatida o‘z minnatdorchiligimni  izhor qilaman ,— deydi Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Sarvar Nazarqosimov

 

Teatr yakunida barcha ishtirokchilar Maktabgacha ta’lim fakulteti dekanati tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

 


Ulashish:
1 014
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.