Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2025
Chop etish
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”da.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da tabiiy fanlar fakulteti yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

Talabalar sportning turli yo‘nalishlarida bellashib, o‘zlarining bilim, mahorat va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar. Olimpiada doirasida o‘tkazilgan musobaqalar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga chorlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda do‘stlik va hamkorlik ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.

Fakultet yoshlarining mazkur tadbirdagi ishtiroki ularning tashabbuskor, faol va ijtimoiy hayotda yetakchi bo‘lishga intilayotganini yaqqol ko‘rsatdi.


Ulashish:
1 897
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.