Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/04/2026
Chop etish
Startup survival tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda IT Park Jizzax filiali hamkorligida Jizzax viloyatidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida “Startup Survival: startapni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga startaplarni rivojlantirish bosqichlari, yuzaga keladigan muammolarni samarali hal etish mexanizmlari, jamoa bilan ishlash, investitsiya jalb qilish va barqaror biznes modellarni shakllantirish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Startup Garage platformasining faoliyati, uning imkoniyatlari va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tashabbus orqali talabalar o‘z g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish, mentorlar bilan ishlash va loyihalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanliklari alohida ta’kidlandi.

Qolaversa, universitet talabalariga JSC Startup Community faoliyati ham tanishtirilib, ushbu hamjamiyat orqali startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish, hamfikrlar bilan hamkorlik qilish va yangi loyihalarni ilgari surish imkoniyatlari keng yoritib berildi.


Ulashish:
700
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.