Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/08/2026
Chop etish
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda rektor tomonidan universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlari, xususan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlik va reytinglardagi natijalarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir jamoaning universitet taraqqiyotidagi o‘rni va mas’uliyatini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi o‘quv yilini aniq maqsad va yuqori natijalar bilan boshlash zarurligi ta’kidlandi.

18–22-avgust kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida universitet jamoalari oldidagi ustuvor vazifalar yanada aniqlashtirilib, ta’lim va ilm-fan sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.


Ulashish:
706
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart...
JDPU rektori talaba-yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya fanlari oliy pedagogika maktabining 1-bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.