Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2025
Chop etish
“Qizlarjon klubi” doirasida “Pazanda” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 1-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “Qizlarjon klubi” faoliyati doirasida “Pazanda” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda universitetning turli fakultetlaridan faol va iste’dodli talaba-qizlar ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar “Karving” san’ati bo‘yicha amaliy master-klass o‘tkazib, pazandalik mahorati, ijodkorlik va estetik didlarini namoyon etdilar.

 

Jarayon davomida qizlar nafaqat taom bezatish sir-asrorlarini o‘rgandilar, balki jamoada ishlash, o‘z fikrini erkin ifoda etish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.

“To‘garakning asosiy maqsadi — talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni milliy qadriyatlar, oilaviy hayotga tayyorgarlik va kasbiy madaniyat ruhida tarbiyalashdan iborat”, — deydi tashkilotchilar.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar orqali talaba-qizlarda mehnatsevarlik, mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalari shakllanmoqda.


Ulashish:
1 184
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...