E’lonlar
E’lonlar
|
15/06/2024
Chop etish
Pedagogik tajriba-sinov ishlarini yanada takomillashtirish istagidamisiz? Siz uchun loyihalar tanlovi!

Universitetda pedagogika tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda takomillashtirilgan hujjatlar to’plamini ishlab chiqish ochiq tanlovi otkaziladi!

Zaruriy hujjatlar to’plami:
– tajriba-sinov ishlariga talabgor va universitet o’rtasidagi shartnoma shakli;
– tajriba-sinov ishlarining dasturi shakli;
– tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun respondent roziligini rasmiylashtirish shakli;
Loyiha mualliflari boshqa hujjatlarni ham taqdim etishlari mumkin.

Loyiha g’oliblari 7 million so’m pul mukofoti miqdorida rag’batlantiriladi. Loyihalar 2024-yil 29-iyul (shu kuni ham) universitet asosiy binosi 208-xonasida qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 0372 226 68 11

Tanlovda doktorantlar, pedagog-xodimlar, tadqiqotchilar hamda universitetning barcha jamoa a’zolari ishtirok etishlari mumkin.

Tajriba-sinov ishlarini o’tkazish tanlovi Nizom


Ulashish:
830
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.