Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/02/2021
Chop etish
OTM va maktablar  hamkorligi davom etmoqda.

Yurtimizda ta’limga, xususan oliy ta’limga berilayotgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining ta’lim samaradorligini oshirirish yuzasidan olib borilayotgan hamkorligi natijasi o‘laroq bu jarayon yanada samarali tashkil etilmoqda. Viloyat XTB tomonidan 2020-2021 o‘quv yili qabul jarayonida oliy ta’limga bironta ham o‘quvchisi kirmagan maktablar ro‘yxati shaklantirilib, ular bilan qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti ham bu jarayondan chetga qolmagan holda, keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni o‘qishni keyingi bosqichida davom ettirish orqali kasbga yo‘naltirishni ta’minash va bu orqali ularni hayotda muvaffaqiyatga erishishiga zamin yaratishdir.

Shu munosabat bilan kuni kecha institutning professor-o‘qituvchilari dos. R.Yarmatov va dos. X.Omonov hamda bir guruh magistrantlari viloyatimizning Zarbdor tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar. Maktabda 2020-2021-o‘quv yilida jami 47 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari tahil olmoqda. Dastlab maktab rahbariyati va o‘qituvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Unda asosiy muammolar va ularning yechimi o‘rtaga qo‘yilib, muhokama etilidi hamda tomonlarning fikrlari tinglandi.

So‘ngra institut professor-o‘qituvchilari va magistrantlar maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda olib borilayotgan ishlar va kelajak rejalar to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuntirish berildi hamda o‘quvchilarning topshirmoqchi bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxat shaklantirildi. Shu yerning o‘zida o‘quvchilar guruhga bo‘linib, 3 ta majburiy va 2 ta asosiy fanlar bo‘yicha tayyorlov kurslari boshlab yuborildi.

Engilikda darslar haftasiga bir necha kun olib borilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu olib borilayotgan ishlar zamirida maktab va institut aloqasini samarali yo‘lga qo‘yish va yangi o‘quv yilida  maktab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari talabalari safiga yanada ko‘proq qamrab olinishini ta’minlash hamda, yurtimiz kelajagi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdek ulkan maqsad yotibdi.


Ulashish:
930
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.