Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Kurash haqida buyuk allomalar, shoh va shoirlarning qarashlari

Alisher Ashurovich Tilakov JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchisi Annotatsiya: Maqolada milliy kurashning rivojlanish bosqichlari, kurash haqida buyuk allomalar, shoh va shoirlarning qarashlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: kurash, qoida, yonbosh, milliy, sport. Abstract: The article analyzes the stages of development of the national struggle, the views of great scholars, kings and poets on the struggle. Keywords: wrestling, rule, side, national, sport. Butun jahon nigohiga tushib, dovrug’ va shuhrat qozonayotgan millionlarni o’ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida o’zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir. Tarixshunos, qadimshunos va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlar, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurash sport turining yoshi kamida 2,5 – 3 ming yildan ortiqligini isbotlaydi. Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topilmalar, asori-atiqalari, qoyalarga bitilgan tasviriy san’at namunalari ham bunga to’liq shohidlik beradi. Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma – ashyoviy dalil mavjud. Chunonchi, Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki pahlavonning devoriy rasmi Sug’diyona davlatchiligiga, ya’ni o’rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi. Shunday ashyolardan biri silindr shaklidagi sopol idish bo’lib, u qadimgi Baqtriya (Janubiy «O’zbeksiton») hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan birining o’z raqibini oyog’idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo’llarini ko’tarib kurashga shaylanayotgani holda o’z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bo’lib, u kurashning tarixi yana ham ko’proq, ya’ni 3,5 ming yil oldin ekanligiga guvohlik beradi. Navbatdagi topilma bronza davriga oid ikkita ot taqasidir. Kurash usullari tasvirlangan har ikala taqa, professor M.P.Gryaznovning yozishicha, sak-skif qabilalarining ma’naviy qarashlari ruhida ishlangan bo’lib, ko’chmanchilik davrining dastlabki bosqichlariga oiddir. Milodiy birinchi ming yillikning o’rtalariga oid kumush cho’mich gardishi sirtida ham ikki pahlavonning kurashichimizga xos olishayotgan holati tasvirlangan. Samarqand yaqinidagi Chelak qishlog’idan topilgan ashyolar ham o’tmishdan sado beradi. Geometrik naqshlar solingan ushbu idishlar orasida kumush dastali qadoqcha, ayniqsa, e’tiborni tortadi. Uning dastasi sirtida ikki polvon xuddi o’zbek kurashi usulida olishayotgani ifodalangan. Mazkur topilma ilk o’rta asrlar davriga oiddir. Benazir alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham «Tib qonunlari» kitobida kurash insonning ruhiy va jismoniy holatida alohida ahamiyat kasb etishiga urg’u bergani bejis emas. Buyuk tabibning yozishicha, badan tarbiya bilan muntazam shug’ullanuvchi kishi kasallikning davosiga muhtoj bo’lmaydi. Sharq adabiyoti durdonalari hisoblamnish «Shohnoma», «Qobusnoma», «Boburnoma» singari asarlarda ham polvonlari siyrati-yu qiyofasiga oid yorqin chizg’ilar, ularni noa’naviy olamini serjilo rangli tasvirlar aks etgan. Alisher Navoiy hazratlari ham kurashdan, uning dovrig’ini yetti iqlimga taratgan polvonlar bahsidan huzurlangan. Shu bois ko’plab asarlarda pahlavonlar hayoti va faoliyatiga oid ajoyib-g’aroyib voqealar, lavhalarini yozib qoldirgan. O’z zamonasining qudratli saltanatini qurgan Amir Temur buyuk davlat arbobi, ma’rifatparvar hukmdor, salohiyatli sarkarda bo’lib qolmasdan, ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallangan kuchli polvonsifat siymo ham edi. Shuning uchun u mamlakatda yoshlarni chiniqtirish, vatanni sevguvchi, yurt xizmatiga kamarbasta, yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o’rniga esa katta ahamiyat bergan. Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga ko’tarildi. O’sha kezlarda zamonaviy O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi an’anaviy bayramlar, to’y-hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan ko’ngil ochish va dam olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash ko’ngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida ma’lumu-mashhur bo’lib, ular haqida afsonalar to’qila boshlandi. XII asrda yashab o’tgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchilarning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. 1980-yillarning boshida mashhur o’zbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov o’zbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini boshlab yubordi. Ushbu sport turining qayta tiklanishining faollaridan biri bo’lgan mazkur zotning asosiy maqsadi kurashning xalqaro me’yorlarga mos bo’lgan yangicha qoidalarini ishlab chiqishdan iborat bo’ldi. 90-yillarning boshlariga kelib u ushbu sharafli vazifani muvaffaqiyatli ado etib o’zbek kurashini xalqaro arenaga olib chiqishni o’z oldiga maqsad qildi. Avvaliga u o’zi ishlab chiqqan kurash qoidalarini jamoatchilik, mutaxassislar va ishqibozlar e’tiboriga havola etdi. Yangi qoidalar o’zbek kurashining eng ardoqli an’analari va maxsus kiyim bosh, musobaqalarni o’tkazish joyi va bellashuvning davom etish muddati kabi xalqaro sport me’yorlarini o’zida mujassam etdi. Sport mutaxassislari Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan kurash qoidalari to’laligicha xalqaro sport talablariga javob berishini e’tirof etdilar. Kurash qoidalarining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular yotgan holda bellashuvni davom ettirilishiga yo’l qo’ymaydi. Sportchilardan birining tizzasi gilamga tegishi bilanoq hakam bellashuvni to’xtatadi va kurashchilar turgan holda musobaqani davom ettirishadi. Bu hol kurashni tez sur’atlarda olib borilishi va muxlislar uchun qiziqarli va maroqli bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kurash qoidalari belbog’dan pastki qismni ushlovchi yoki og’riq qo’zg’atuvchi va bo’g’uvchi uslublarni ishlatishni ta’qiqlaydi. Shu tariqa kurash sportchilarga tan jarohati yetkazilishining oldi olingan eng xavfsiz sport turlaridan biriga aylandi. 1991 yilda O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilishi kurashga yangicha hayot baxsh etdi. Mamlakatning turli chekkalaridan kelgan minglab kurashchilar musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan bo’lsa, millionlab kurash ishqibozlari ushbu jozibali musobaqalardan bahra olish ishtiyoqida respublika bo’ylab stadionlarni to’ldirdilar. Kurash faollarining sa’y-harakatlari O’zbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992 yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada o’tkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida o’zbek milliy kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh bo’ldilar. Bundan ko’rinadiki, milliy kurash o’ziga xos nozik hunar, ilmu-odob qorishmasi, uyg’unlashuvi bo’lib, bunda ustoz va shogirdalar o’rtasidagi o’zaro samimiylik, hamkorlik, hamrozilik, beg’arazlik, do’stona munosabat ko’p narsani belgilaydi. Ustoz o’z bilimini, malakasi, shu milliy kurash ilmini o’z shogirdiga qanchalik puxta o’rgata olsa, uning sa’y-harakatini aniq maqsad-muddaolar sari yo’naltira olsa, bu albatta o’z samarasini berishi shubhasiz. Buning uchun shogird ham o’z betinim mashqi, iqtidori, iste’dodini muntazam mukammallashtirib, ustoz o’gitlarini jon qulog’i bilan tinglab, qabul qilib, ularga izchil amal qilishi, o’z jismu joniga eng yaxshi xislatu-fazilatlarni jo etib borishi ayni muddaodir, shundagina unda ulug’ ajdodlarimizga munosib vorislik, komil shaxs bo’lib voyaga yetishdek sifatlar tarkib topib boradi. Milliy kurashni to’liq o’rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning qonun-qoidalariga, etikasi va axloq-odob tamoyillariga rioya qilmoqlari zarur. U o’z hatti-harakatlari va axloqi bilan hech qachon o’z vatanining va albatta milliy kurashning obro’sini to’kmasligi kerak hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak. Shu bilan bir qatorda milliy kurashchilar mashg’ulot vaqtida yoki olishuv paytlarida ortiqcha gapirmasliklari (agar bunga zarurat bo’lmasa), diqqatlarini bir joyga to’plab, boshqa narsalarga qaralmasliklari, bir-birlariga shikast yetkazmasliklari, biror usulni o’rganish uchun kurashayotgan vaqtlarida ham bir-birovlarini kurash yaktaklarida biror kamchilik bo’lsa darrov sheriklariga bildirishlari zarurdir. Foydlanilgan adabiyotlar
  1. Самадова, Х. С. (2022). СОҒЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИ ИНСОН САЛОМАТЛИГИНИНГ АСОСИДИР. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(9), 198-201.
  2. Mamanazarova, A. (2022). Bolalarni go’daklik davridan suzishga o’rgatish orqali jismoniy rivojlanishini takomillashtirish. Физическое воспитание, спорт и здоровье, 1(1).
  3. Азиза, М. Б., & Турдибоев, И. (2022). СПОРТ (ФУТБОЛ) ҲУҚУҚИДА ШАРТНОМА МУНОСАБАТЛАРИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН МАЖБУРИЯТЛАР. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 25-30.
  4. Hazratqulov S. F. O. BASKETBOL O’YINI BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING ASOSI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 761-764.
  5. Sardor K. THE ROLE OF A COACH IN THE DEVELOPMENT OF THE PHYSICAL ABILITIES OF PROFESSIONAL BASKETBALL PLAYERS. – 2023.
  6. Furqat o’g’li H. S., Baxtiyor o’g’li I. S. PROFESSIONAL BASKETBOLCHILARNI TAYYORLASHDA IRODAVIY SIFATLARNING AHAMIYATI (O’G’IL BOLLAR MISOLIDA) //INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 36-39.
  7. Hazratqulov S. F. O. BASKETBOL O’YINI BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING ASOSI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 761-764.
  8. Hazratqulov S. F. O. et al. Technical and Tactical Training of Basketball Players and Theoretical Basis of Selection of Young People //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 27-29.
  9. Komilov A. KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI //Science and innovation in the education system. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 156-160.
  10. Komilov A. X. O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 684-687.
  11. Xoshimovich K. A. SAMBO KURASHCHILARDA KUCH SIFATINI TARBIYALASH METODINI TAKMOLLASHTIRISH //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 278-281.
  12. Komilov A. X. Sportchini texnik mahoratini, sport amaliyotining talabiga va ilmiy-texnik ko’rsatgichlariga qarab takomillashtirish yo’llari //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 625-634.
  13. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №.
  14. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  15. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Sultonv B. Замонавий футболда майдон ўйинчарини мусобақага тайёрлашнинг психологик усуллари //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2022. – Т. 1. – №. 1.Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. – С. 848-853.
  16. ABDULAXATOV A. R. et al. Wrestling is the Most Effective Tool for Educating the Younger Generation to Be Physically Healthy and Mentally Mature //JournalNX. – 2021. – Т. 7. – №. 1. – С. 139-141.
  17. Jumadurdiyev B. X. KURASHISH SAN’ATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Current approaches and new research in modern sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 101-105.
  18. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  19. Jumadurdiyev B. X. Bolalar va o’smirlarni sportga qiziqtirishning pedagogik shart sharoitlari va didaktik parametrlarini aniqlashtirish //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 620-624.
  20. Jumadurdiyev B. X. KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH //Экономика и социум. – 2022. – №. 1-1 (92). – С. 61-66.
  21. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №.
  22. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 848-853.
  23. Tilakov A. FORMATION OF PROFESSIONAL-CULTURAL RELATIONSHIPS IN FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS (EXAMPLE OF KURASH) //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 10. – С. 610-614.
  24. Ashurovich T. A. KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI OYINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 286-291.
  25. Tilakov A. A. ZAMONAVIY SPORT-KURASH QOIDALARINI PEDAGOGIK TALQINI //Экономика и социум. – 2021. – №. 12-2 (91). – С. 1046-1049.
  26. Тагаев Х. и др. О ПЕДАГОГИЧЕСКОМ УПРАВЛЕНИИ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СПОРТИВНОЙ ЛИЧНОСТИ //CULTURAL AND HISTORICAL HERITAGE IN THE CONTEXT OF A MODERN OUTLOOK FORMATION. – 2015. – С. 24-26.
  27. Adabiyotlar Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.
  28. Азиза, М. Б., & Турдибоев, И. (2022). СПОРТ (ФУТБОЛ) ҲУҚУҚИДА ШАРТНОМА МУНОСАБАТЛАРИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН МАЖБУРИЯТЛАР. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 25-30.
  29. ADAIYOT Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.