Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
“Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darsi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Filologiya fakulteti 2-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” rukni doirasida navbatdagi ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars “Xavfsiz hayot” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar milliytarbiya.uz platformasida joylashtirilgan interaktiv kontentlar bilan tanishib, xavflarning turlari, ular sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar hamda xavfsizlikni mustahkamlash yoʻllari to`g`risidagi foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar xavfsizlik va sogʻlom ijtimoiy munosabatlar uchun shaxsiy chegaralarning ahamiyati hamda oʻzlari va boshqalar uchun hurmatga asoslangan muhit yaratish borasidagi hayotiy misollarni keltirish asosida muhokamalarda faol ishtirok etishdi.


Mazkur mavzu yuzasidan shaxsiy xavfsizlik haqida qayg‘urish sogʻlom fikr, oʻzaro ishonch va hurmatni ta’minlash mumkinligi haqidagi xulosaga kelindi.


Ulashish:
1 652
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.