Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida «Xorijiy tillarni o‘qitishning yondashuvlari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son qarori ijrosi bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Jizzax viloyati hududiy vakilligi bilan hamkorlikda “Xorijiy tillarni o`qitishning turlicha yondashuvlari” mavzusida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga ilova etilgan xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun seminar-trening tashkillashtirildi.

Seminarni Institut o`quv ishlari prorektori B.To`xtamishev, Chet tillar fakulteti dekani A.Mamatov, Agentlik vakili kirish so`zlari bilan ochib berishdi.  Shundan so`ng Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi professor o`qituvchilari A.Jabborova, Sh.Eshonqulov, M.Djuraevalar trening darslari o`tishdi.

Ushbu seminar treningda Jizzax davlat pedagogika institut professor-o`qituvchilari, ixtisoslashtirilgan maktab o`qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

 


Ulashish:
1 063
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.