Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, bugungi yangilanish va islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda universitetning soha prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet faxriylari ham ishtirok etib, talabalarga o‘zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari, mustaqillik yillarida ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida fikrlarini bildirdilar.

Muloqot davomida yoshlarga mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, faol fuqarolik pozitsiyasi va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashning ahamiyati ta’kidlandi.

Dars jarayoni savol-javob va ochiq muloqot ruhida kechib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.


Ulashish:
729
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.