Uncategorized
Uncategorized
|
24/05/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida sun’iy intellekt va kommunikativ til ko’nikmalarini rivojlantirishga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

2026-yil 23-may kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan «Globallashuv sharoitida kommunikativ til ko’nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Konferensiya gibrid shaklda bo’lib o’tdi.

Xalqaro anjuman olimlar, professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni bir ilmiy maydonda jamlab, xorijiy tillarni o’qitish, kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, tarjima, akademik yozuv, tadqiqot ko’nikmalari va adabiyotshunoslikda sun’iy intellekt imkoniyatlarini muhokama qilishga xizmat qildi.


Konferensiyada Prof. Abdug’afur Mamatov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Anora Jabbarova, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Leeds universitetidan Dr. Diana McCray, Professor Antonio Martinez-Arboleda hamda «El-yurt umidi» jamg’armasi stipendiati, Leeds University doktoranti Durdona Karimova ishtirok etdilar. Shuningdek, Nargiza Bo’riyeva, Dr. Parasuraman Nehru, Ezra Nicolo Antonio, Sherzod Djabbarov va Shukhrat Eshankulov o’z ma’ruzalari hamda ilmiy-amaliy mulohazalari bilan konferensiyaning mazmunan boy va samarali o’tishiga munosib hissa qo’shdilar.

Mazkur xalqaro anjuman sun’iy intellekt yordamida til ta’limini rivojlantirish, innovatsion pedagogik tajribalarni almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo’lib xizmat qildi.


Ulashish:
9 872
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.