Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/03/2017
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida Tabiiy fanlar fakulteti hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Orasta qizlar” mavzusida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov haqida

Tadbirni fakultet dekani U.Xudanov kirish so‘zi bilan ochdi. Ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi, hamda barchani Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi.

4

Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti  raisi Z.Abduvlieva o‘z nutqida bahorning ilk kunlarida, 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi ayni paytdagi dolzarb ishlardan biridir. Bugun tanlovda ishtirok etayotgan biologiya, kimyo, geografiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 8 nafar qizlarning sahnani to‘ldirib turishi, salat tayyorlash, talabalarning kundalik hayotida uchraydigan soch turmaklash, bo‘sh vaqtlarida amalga oshirayotgan ijodiy ishlari haqidagi tanlov yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tanlovni baholash uchun 5 nafardan iborat bo‘lgan hay’at a’zolari (Z.Abduvalieva hay’at raisi, U.Xudanov ay’at a’zosi, N.Xasanova hay’at a’zosi, N.Umarova hay’at a’zosi, O.Muhammedov hay’at a’zosi) tomonidan 8 nafar talaba-qizlarning har bir chiqishlari odilona baholanib, quyidagi natijalar e’lon qilindi.5

  1. Olimova O. Geografiya yo‘nalishi 4-kurs, 90 ball.
  2. Bo‘riboeva F. Geografiya yo‘nalishi 2-kurs, 88 ball.
  3. Hamidova S. Biologiya yo‘nalishi 2-kurs, 94 ball.
  4. Jumartova U. Kimyo yo‘nalishi 3-kurs, 91 ball.
  5. Esonova D. Geografiya yo‘nalishi 2-kurs, 94 ball.
  6. Sulaymonova H. Kimyo yo‘nalishi 1-kurs, 98 ball.
  7. Akramova Z. Kimyo yo‘nalishi 1-kurs, 99 ball.
  8. Mamatqulova D. Biologiya yo‘nalishi 1-kurs, 100 ball.6

Ishtirokchi talaba-qizlar hamda tadbirni tashkil etgan professor-o‘qituvchilar institut Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda fakultet dekani tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 524
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.