Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2017
Chop etish
Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlarini o‘qitish uslubiyoti kafedrasi tomonidan jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabalariga “Xotira muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazildi

06.05.2017 yil Jizzax davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlarini o‘qitish uslubiyoti  kafedrasi tomonidan jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabalariga  “Xotira muqaddas” mavzusida tadbir o‘tkazildi.


9mayKafedra mudiri dots. A.Sodiqov so‘zga chiqib, tadbirning dasturi bilan tanishtirdi. Tadbirda fakultet dekani O.Muqimov so‘zga chiqib,  9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarning bardavomligini taminlash, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan navqiron avlod tarbiyasiga beqiyosligi,  Keksalarni ezozlash xalqimizga xos bebaxoligi, Prezidentimizning joriy yil 4-apreldagi “Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarori hamda “Ikkinchi jaxon urishi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risi”dagi farmonini moxiyatini tushintirib berdi.9may1 So‘zga kafedra o‘qituvchilaridan Z.Nomozov, 3-kurs talabalaridan I.Makkamov, A.Xasanov va S.Bo‘riboyevalar chiqib, davlatimiz raxbari tomonidan qabul qilingan xujjatlar xar tomonlama e’zozlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ularning sog‘ligini mustaxkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdilar. So‘zga A.Sodiqov chiqib institutda birga ishlagan ustozlar va Ikkinchi jaxon urishi qatnashchilari hamda faxriylarning bugungi nuravshon kunlarimiz yo‘lida ko‘rsatgan matonati, mardlik va jasoratini aholi keng qatlami, ayniqsa, yoshlarga tushintirishning ahamiyatli jixatlariga e’tibor qaratilganligini, bu borada olib borilayotgan sa’y-xarakatlar navqiron avlodni Vatanga muxabbat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga  hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini takidladi.


Ulashish:
1 431
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.