Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/12/2025
Chop etish
JDPUda talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, media markaz xodimlari, axborot xizmati xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev olib bordi.

Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda ko‘rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar muhokama qilindi. Xususan, talabalarni qishki ta’tilga kuzatish, ijara xonadonlarni o‘rganish, is gazi va yong‘in xavfsizligi, shuningdek ovqatdan zaharlanish kabi holatlar bo‘yicha ogohlantirish, giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot tadbirlari va suhbatlar o‘tkazish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar turar joyida nazoratni ta’minlash, navbatchilikni belgilash va uni mazmunli tashkil etish, talabalar bilan suhbatlarni odob-axloq qoidalariga muvofiq olib borish, ijara to‘lovlari tartibi va boshqa muhim ma’lumotlarni to‘liq yetkazish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Yig‘ilishda murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish va faol ishlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Ulashish:
1 338
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.