Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2026
Chop etish
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi

Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy tajriba almashish masalalariga bag‘ishlandi.

Anjumanda xorijiy tillarni o‘qitish metodologiyasi, oliy ta’limda raqamli transformatsiya, maxsus maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish, kompyuter lingvistikasi, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqotda sun’iy intellekt imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, xitoy, koreys va yapon tillarini o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Anjuman doirasida belgilangan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Anjuman ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, pedagog va tadqiqotchilarning kasbiy tajribasini boyitish hamda xorijiy tillarni o‘qitish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
30
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.