Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2026
Chop etish
JDPUda Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. 25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etgan anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi.

Tadbir professor Azamat Akbarov moderatorligida davom etib, konferensiyaning ilmiy ahamiyati va dolzarb yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning tabrigi onlayn tarzda namoyish etildi.

Konferensiya doirasida qator nufuzli keynote ma’ruzalar tinglanib, zamonaviy lingvistika va til ta’limining muhim jihatlari yoritildi. Xususan, Amy Thompson shaxsiy identitetning ijtimoiy-siyosiy omillar bilan bog‘liqligini tahlil qildi, Zhu Hua esa translanguaging va interculturality orqali ko‘p tillilik va tenglik masalalariga e’tibor qaratdi. Charlene Polio esa talabalar orasida janr tushunchasini shakllantirish hamda yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini yoritib berdi.

 

Anjuman yakunida ma’ruzachilar, tashkilotchilar va faol ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

Kun davomida o‘tkazilgan sho‘ba sessiyalarida ikki va ko‘p tillilik, til o‘rganish va baholash, o‘qituvchilar tayyorlash, sun’iy intellektni ta’limga joriy etish, madaniyatlararo muloqot, kognitiv lingvistika va tarjima nazariyasi kabi dolzarb yo‘nalishlar keng muhokama qilindi.

 


Ulashish:
998
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...