Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2026
Chop etish
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, is gazidan zaharlanish, ovqatdan zaharlanish (botulizm)ning oldini olish hamda gaz va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish masalalari yoritildi.

Ishtirokchilarga gaz jihozlari va mo‘rilarning sozligini tekshirish, xonalarni shamollatish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash hamda yaroqlilik muddatiga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, zaharlanishning dastlabki belgilari kuzatilganda xavfsiz joyga chiqish va zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligi tushuntirildi.

Tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.


Ulashish:
65
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri...
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.