Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/08/2024
Chop etish
JDPU rektoriga biriktirilgan Jizzax shahar Bobur mahallasining yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv 2024-yilning 8-avgust kuni universitetda bo‘lib o‘tdi. JDPU rektori, professor Sh.S.Sharipov o‘ziga biriktirilgan Jizzax shahar Bobur mahallasida yashaydigan yordamga muhtoj bo‘lgan, alohida e’tibor talab etuvchi 4 nafar talaba yoshlar bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida yoshlar ularni qiynayotgan muammolar haqida so‘zlab berishdi. Jarayonda talaba yoshlarga imkoniyat doirasida muammolarning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

Shundan so‘ng universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov uchrashuvga kelgan yoshlar bilan suhbatni davom ettirdi. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbat so‘ngida  yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.


Ulashish:
1 006
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.