Uncategorized
Uncategorized
|
05/07/2025
Chop etish
JDPU vakillari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan o‘rin olgan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F. Jo‘raqulov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S. Yaxshilikov hozirda Xitoyda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya Henan pedagogika universitetiga tashrif buyurib, ushbu oliy ta’lim muassasasi vitse-prezidenti janob SONG Ye bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, istiqboldagi rejalarni ishlab chiqish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, JDPU delegatsiyasi Henan pedagogika universitetining Xalqaro ta’lim instituti direktori janob ZHAO Yang, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani janob DONG Hai hamda fakultet vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida Jizzax davlat pedagogika universitetida xitoy tili kurslarini tashkil etish, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ayni paytda universitet delegatsiyasining Xitoydagi tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida yangi hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar va rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
1 794
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.