Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Jarayon

Bugun  Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida Jamoatchilik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan magistrantlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar ishlarining holati ,Ta’lim jarayonida joriy, oraliq, yakuniy hamda davlat attestatsiyalarini tashkil etilishi holatini o‘rganish va natijalari bo‘yicha rektoratga tavsiya berish, davlat dasturini ijrosini ta’minlash hamda  institut yoshlar ittifoqini bu borada olib borayotgan ishlari,  oliygohga  tegishli hududlarda, o‘quv binolarda va talabalar turar joylarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etilganligi holati to‘g‘risida ma’sullarning hisobot-ma’ruzalari tinglandi. Jarayondagi xato va kamchliklar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish so‘ngida jamoatchilik kengashi a’zolari o‘z taklif mulohazalarini bildirib o‘tishdi.