Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2021
Chop etish
Intellektuallarni birlashtirgan “Iqtidor shou”…

Jizzax davlat pedagogika instituti Magistrlar bo‘limi  hamda Sh. Rashidov tumani Halq ta’limi bo‘limiga qarashli  24 umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorlikda tashkillashtirlgan “Iqtidor shou” intellektual-zakovat o‘yini haqiqiy intelektuallarni bir joyga to‘pladi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Institutning   1 kurs magistr talabalari va  24 son umumta’lim maktabi o‘qituvchilaridan tuzilgan 8 ta jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Iqtidor shou” intellekt o‘yinini professor F.Ahmedshina kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida mana shunday tadbirlar orqali maktab o‘quvchilarini ham intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga qiziqishi lozim ekanligini,  ular esa aynan  mana shunday zakovat o‘yinlari  orqali  ko‘proq motivatsiya olishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

 

O‘yin uch bosqichda o‘tkazildi. Har bir bosqichda eng yuqori ball to‘plagan jamoalar e’lon qilindi. Qizg‘in bahs so‘ngida mavjud 8 jamoadan eng yuqori ball to‘plagan “Topqirlar” jamoasi 1 o‘rinni, “Zukkolar” jamoasi 2 o‘rinni, “Bilimdonlar “ jamoasi esa faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

How to recover deleted files

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar institut rektori Sh.Sharipovning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘z navbatida maktab jamoasi minnatdorchilik ramzi sifatida institut professor-o‘qituvchilari hamda faol magistrlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.

 

“Bilim olishning erta-kechi yo‘q. Kishi biror notanish narsani ko‘rganda, notanish narsani eshitganda, uning nima ekani, qanday ma’no anglatishini bilishga qiziqishi lozim. Shunday yo‘l bilan inson qaysi yoshda bo‘lsa ham, ko‘p narsa o‘rganishi mumkin. Ko‘p narsa bilish esa ustoz degan sharafli maqomga ega bo‘lgan o‘qituvchi uchun faqat foyda beradi.  Bugun bu yerda maktabning bitiriuvchi  sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. O‘ylaymanki mana shunday qiziqarli, ilm olishga chorlovchi tadbirlar ular uchun bir mahorat darsi bo‘ldi “,- deydi Magistrlar bo‘limi dekani R. Yormatov.

Undelete360 Download

 


Ulashish:
1 031
Boshqa rubrikalarda mashhur

Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...
Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
Universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yo‘lga qo‘yildi.