Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2021
Chop etish
INSTITUT VA MAHALLA…

Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari “Mahalla va yoshlar” dasturi doirasida Jizzax viloyati Baxmal tumani  Barlos MFY hududida bo‘lishdi.

Baxmal tumani Barlos MFYda 1110 ta xonadon mavjud. Hududda 1657 nafar yoshlar istiqomat qiladi.Shulardan 9 nafari ishsiz, 8 nafari yakka tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditga talabgor, 11 nafariesa  moddiy yordamga muhtoj yoshlardir.

 

“Mahalla va yoshlar” dasturi  doirasida institut Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari Baxmal tumani Barlos MFY xududida fuqarolar yig‘ini idorasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar yoshlar faoliyati bilan tanishish jarayonida  mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tuzilgan  ro‘yxatda, dehqonchilik,  chorvachilik bilan shug‘ullanishni istovchilar uchun imtiyozli kreditlar, moddiy yordamga muhtoj yoshlar uchun moddiy yordam  paketlari shakllantirilganligi aniqlandi..

Kafedra o‘qituvchilari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan  yoshlar bilan uchrashib, ushbu dastur asosida olingan imtiyozlarning amaliyotga tatbiq etilish jarayoni bilan  ham tanishdilar:

Ushbu yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli va maqsadli foydalanishayotganlari aniqlandi.

Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri I. Umarov ushbu imtiyozli qo‘llab-quvvatlash asosida kreditlar va yer maydonlariga yega bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlarda bunday imtiyozlardan unumli foydalanishi, maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha muhim eslatmalarni ham berib o‘tishdi.Shuningdek kafedra o‘qituvchilari tashabbusi bilan  Barlos MFY Barlos qishlog‘idagi 32-umumta’lim maktabida  ona tili va o‘zbek adabiyoti fanlaridan haftada bir kun bepul tayyorlovo‘quv kurslari tashkil etilishi belgilandi. Yaqin kunlarda  tarix, jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha ham bepul tayyorlov kurslari ochish rejalashtirilmoqda.


Ulashish:
1 220
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.