Uncategorized
Uncategorized
|
30/06/2023
Chop etish
I.Abdurahmonov: Talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratish bosh maqsadimiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, oliy taʼlim muassasalarida xususan  Jizzax davlat pedagogika universitetida olib borilayotgan  qurilish ishlari bilan tanishdi.

Vazir Jizzax davlat pedagogika universiteti huudida amalga oishirlayotgan 600 o‘rinli talabalar turar joyida olib borilayotgna ishlar bilan tanishdi. Ta’kidlash joiz har ikkala oliygohlarda qurilish maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy nuqtai nazardan batafsil o‘rganib chiqdi.

Vazir o‘rganish davomida  bino atrofining ekologik holati, ko‘kalamzorlashtirilishi va talabalar uchun shinam va ko‘rkam sharoit yaratishga doir o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Ayni paytda “IKRA BOND” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan mazkur obyektda 2 qavat devorini tiklash ishlari bajarilmoqda. Vazir qurilish me’yor talablariga mosligi va sifati yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

 


Ulashish:
1 319
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.