Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2021
Chop etish
«Fan va ta’lim integratsiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

2021-yil 29-oktabr kuni Boshlang‘ich ta’lim fakultetida tashkil etilgan “Fan va ta’lim integratsiyasi” mavzusidagi mintaqaviy ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tgan edilar. Ustuvor vazifalardan biri esa oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish deb belgilangan edi. Shu ma’noda, mazkur mintaqaviy ilmiy seminar yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlarini hamda kafedralarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Ilmiy seminarda fakultet professor –o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, Jizax viloyati pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari ishtirok etishdi.

Mintaqaviy ilmiy seminar raisi: Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Xalqaro fanlar akademiyasi akademigi X.A.To‘raqulov. Seminarda shuningdek  Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori U.A.Jumanazarov “Ta’limda lingvistik kompetensiya nazariyasi tuzilmasi va prinsiplari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Seminar barcha uchun qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
640
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.