Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2022
Chop etish
E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022-yil 26-apreldagi №05-45-03825 xati hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) ma’lumotiga ko‘ra, 2022-o‘quv yilida Koreya universitetlarining magistraturaga (qo‘shimcha qabul) va doktoranturaga stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi.                                                                                                                                                                                                                            Nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari qatoridan, 2 yil ish stajga ega bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim.

Ushbu tanlovda (FAQAT MAGISTRATURA va DOKTORANTURA) ishtirok etish uchun to‘ldirilgan arizalarni 2022-yil 5-may, 12.00 dan kechiktirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining a.rakhmonov@mift.uz (nusxasi – xab@edu.uz) elektron manziliga taqdim etishingizni so‘raymiz. Yuborilayotgan fayl “KOICA stipendiyasi” deb nomlanishi kerak.

Batafsil ma’lumot, shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda.

Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan KOICAning rasmiy saytida tanishish mumkin: http://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do.


Ulashish:
1 077
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.