Uncategorized
Uncategorized
|
28/02/2020
Chop etish
«Eng yaxshi videorolik» tanlovi

        Kreativ,  ixtirochi hamda videolarni  suratga olib turli viderolavhalar  yaratish ishtiyoqi bor talaba yoshlar. Sizlar uchun ajoyib yangilik .

Siz Markaziy bank “Global Money Week” ( Jahon pul haftaligi) doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “ Eng yaxshi videorolik “ tanlovida ishtirok etishingiz mumkin.

                                        TANLOV ShARTLARI:

Ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab qisqa videolavha  yaratishlari kerak bo‘ladi.

  1. “ Bank kartasi qulay to‘lov vositasi “
  2. “ Kredit tarixi nima ?”

                               IShTIROKChILAR UChUN ESLATMA :

Siz suratga olgan videolavhalar tanlov mavzulariga mos kelishi bilan bir qatorda, o‘zbek va rus tillarida tayyorlanishi lozim. Videolavhalarning davomiyligi 1-1,5 daqiqa, formati esa AVI, MPEG-4, MP3 da bo‘lishi shart.

                            Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Hakamlar hay’ati har bir mavzu bo‘yicha uchta eng yaxshi ishni aniqlaydi.
  2. Har bir nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi uchta eng yaxshi videolavha 2020 yil 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish va g‘olibni aniqlash uchun joylashtiriladi. Natijalar 2020 yilning 23 mart kuni Markaziy bankda Jahon pul haftaligining ochilish marosimida e’lon qilinadi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
  3. 1-o‘ringa  HP Pavilon rusumli noutbuk

2-o‘ringa  Samsung  S10 rusumli telefon

3-o‘ringa Markaziy bank esdalik sovg‘asi topshiriladi.

Tanlov uchun ishlar 2020 yilning 16 martiga qadar communication@cbu.uz  va konkurs.cbu@gmail.com elektron manzillari  orqali “ Global Money Week Tanlovi” ga deb jo‘natilishi lozim.

             Aziz Jizaxlik talaba yoshlar tanlovda ishtirok eting  va g‘olib bo‘ling!

 


Ulashish:
2 547
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.