Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“Do‘stlik uyi”da tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha Jizzax shahrining Do‘stlik uyida O‘zbekiston Respublikasining barcha rus madaniyat markazlari raislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad markazlar vakillarining o‘zaro tajriba almashinuvidir.Delegatsiyani Jizzax viloyati hokimligi vakillari va RMMning (rus madaniyat markazi)viloyat bo‘limi boshqaruvi a’zolari kutib olishdi. Mehmonlar Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurib, uning poyiga gul qo‘yishdi. “Do‘stlik” uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz faollari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Rus tili va adabiyoti” fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuv mazmunli va samarali o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar iliq va samimiy qabul uchun ushbu tadbirning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, yoshlarga o‘qishlarida yanada muvaffaqiyatlar, shahar obodligi va farovonlik tilashdi.   Yelena Navruzova, Jizzax davlat pedagogika universiteti “Rus tili va adabiyoti” fakulteti talabasi