- E.T.Berdiyev, M.X.Hakimova, G.B.Maxmudova. O’rmon dorivor o’simliklari “Sano – standart” nashriyoti – Toshkent – 2016 – 88 – 89 b.
- https://uz.wikipedia.org/wiki/Chakanda
- Sulaymonov I.J., Ergashev D.T. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan-2020 – 64 b.
- O’. Ahmedov, A. Ergashev, A. Abzalov, M. Yulchiyeva, S. Azimboyev. Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent – “ NIF MSh” – 2020 – 122 – b.
CHAKANDA O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA O’STIRISH TEXNOLOGIYASI
Aberqulov Egamberdi Abduraimovich – o`qituvchi.,
Tursunqulova Shahodat Doniyor qizi, 2 – bosqich talabasi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya. Tabiatni rang – barang o’simliklar olamisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Yer yuzida o’simlik turlari juda keng tarqalagan bo’lib insonlar hayotida beqiyos o’rin tutatadi. Ular orasida zaharli hamda dorivor xususiyatga ega turlar ko’plab uchraydi. shunday dorivor o’simliklardan biri chakanda o’simligdir.
Kalit so’zlar: Boshoqcha, buta, daraxt, flavonoidlar, linolev, linolen, avitaminoz, biooksidantlar, yorug’sevar, geteroauksin.
Qadimdan insoniyat ko’pgina kassaliklarni davolashda shifobaxsh o’simliklardan malhamlar, damlamalar, giyohlar tayyorlab, xastalik bilan og’rigan bemorlarni davolashda foydalanib kelganlar. Insonlar o’simliklardan faqat dori sifatida foydalanib qolmay, balki oziq–ovqat, bo’yoqlar, kiyim–kechak, va zararkunandalarga qarshi kurashishda ham keng foydalanib kelgan. Dorivor o’simliklar ichida o’z xususiyati bilan ajiralib turuvchi o’simliklardan biri bu chakanda o’simligi hisoblanadi.
Chakanda (jumrutsimon chakanda, chirqanoq) – Oblepixa – (Hippophae
Rhamnoides) jiydadoshlar – Elaeagnaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 4 – 6 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki kichik daraxt. Poyasi sershox va tikanli bo’lib, qo‘ng‘ir-yashil po’stloq bilan qoplangan. Barglari chiziqsimon-nishtarsimon yoki chiziqsimon, yuqori tomoni kulrang-to‘q yashil, pastki tomoni bir oz sarg‘ish qo‘ng‘ir-kulrang yoki oq tusli, tekis qirrali bo’lib, poya va shoxlariga qisqa bandi yordamida ketma-ket o’rnashgan. Gullari bir jinsli, mayda va ko’rimsiz, kalta boshoqchaga (otalik gullari) yoki 2-5 tadan shoxchalar qo’ltig‘ida (onalik gullari) joylashgan. Mevasi dumaloq yoki cho‘zinchoq, to’q sariq yoki qizg’ish rangli, sersuv, danakli meva. Chakanda aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi. Chakanda keng arealli o’simlik hisoblanadi, u MDHning Yevropa qismida, Karpatda, Kavkazda, Qora dengiz atroflarida, Markaziy Osiyoda, Qozog‘istonda, O‘zbekistonda, Tojikiston va Qirg‘izistonda, Boltiq bo’yida, Sibir va Oltoyda daryo, ko’l va dengizlarning shag’alli va qumli qirg’oqlarida, tekislik va tog’lardagi to‘qayzorlarda o’sadi (1-rasm).
1 – rasm. Jumrutsimon chakanda
Chakanda o’simligining mevasi tarkibida C, B, B2, E vitaminlari yog’, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa moddalar bo’ladi. Urug’i tarkibida yog’, B, E vitaminini karotin, oqsil va boshqa birikmalar bor.
Chakanda moyi og’riq qoldiruvchi va yarani tez bitiradigan ta‘sirga ega, radioaktiv nurlar bilan davolanganda uning ta‘siridan zararlangan teri, shilliq qavatlar, yaralar va kuygan qizilo’ngach, me’da yarasi, vitamin yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz hamda ba’zi ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari Xitoy sharoitida koʻpgina unumli tuproqlar yuvilib ketmoqda. Buning natijasida koʻpgina tuproqlar foydalanishdan chiqadi. Shuning uchun chakanda orqali, uning biologik xususiyatlari bilan foydalanib bu muaamolarni yechish mumkinligi aniqlangan. Chakandadan 250ta dan koʻproq har xil oziqali, dorivor va kosmetik mahsulotlar tayyorlanadi. Chakandaning tarkibida provitamin A uchraydi bu vitamin odam embrionini rivojlanishini, umuman odamning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi chakanda tarkibida vitamin E-tokoferol topilgan. Bu vitaminning taʼsirida odam qarishi sekinlashadi, yurak va koʻpgina ichki organlarni ishini faollashtiradi. Nafas olish organlarining va oshqozon kasalliklariga qarshilik koʻrsatadi bu oʻsimlikning tarkibida yogʻli kislotalardan – linolev va linolen tarqalgan, ular odam organizmi uchun muhim, biooksidantlar hisoblanadi.
Chakanda yorug’sevar, sovuqqa chidamli o’simlik. Chakanda urug‘idan, poya va ildiz qalamchalardan ko’paytiriladi.Chakanda kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Erta bahorda maysalar bir tekis unib chiqishi uchun urug’lar bir oy davomida qumda stratifikatsiya qilinadi. Urug’lar sabzavot ekish moslamalarida 5 sm chuqurlikda ekiladi. Egat oralari 70-90 sm, gektariga11-13 kg urug’ sarflanadi. Maysalar urug’lar ekilgandan 10-15 kundan keyin paydo bo’ladi. Birinchi yili sekin o‘sadi, 15-30 sm balandlikka boradi. Shuning uchun har 3-4 sug‘orishdan keyin kultivatsiya va yagana ishlari olib boriladi. Birinchi yili 12 marta sug’oriladi. Vegetatsiya davri oxirida ildizlari maxsus asbobda kesilib ixchamlashtiriladi. Vegetativ yo‘l bilan ko’paytirilganda asosan yashil qalamchalardan foydalaniladi. lyun – iyul oylarida ko’chatlar o’tkaziladi. Qalamchalar ertalab uzunligi 8-12 sm qilib, 8-10 barg qoldirib tayyorlanadi. Qalamchalar qum, go‘ng va torf aralashmasiga ekiladi. Ekish oldidan qalamchalar geteroauksin eritmasi bilan (1 chelak suvga 100 mg) 12-18 soat 20- 25°C da ishlov beriladi. Erta bahorda ildiz otgan qalamchalar dalaga ekiladi.
Ekish sxemasi: egat oralari 70 sm yoki 90 sm qilib, ko’chatlar orasi 10-15 sm. Vegetatsiya davri davomida 10 martagacha sug’orish, kultivatsiya, 2 marta 60 kg dan ammofos o‘g‘iti bilan oziqlantirish kerak. O’zbekiston sharoitida chakanda 3 yilgina gullaydi va mevalaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR