Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2021
Chop etish
“Buyuk shoirga ehtirom”

Jizzax davlat pedagogika instituti Axborot – resurs markazida so‘z mulkining sultoni        A. Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk shoirga ehtirom” nomli   shoir ijodidan  adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga institut professor – o‘qituvchi va talabalari,  “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi xodimlari,  Axborot – resurs markazi xodimlari, G‘allaorol tuman 42 o‘rta umumta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, viloyat ko‘zi ojizlar kutubxona  xodimlari ishtirok etishdi.

 

Ulug‘  bobokolonimiz hazrati    Navoiy ijodiga oid adabiyotlar ko‘rgazmasida    Axborot – resurs markazi yetakchi mutaxassisi S. Isroilova  shoir ijodidagi adabiyotlarni tanishtirish bilan bir qatorda ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni ham  aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida shoir va  mutaffakir A. Navoiy  hayoti va ijodiga oid videolavha namoyish etildi.


Ulashish:
824
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.