Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/12/2021
Chop etish
“Biz sen bilan bir safdamiz ”

2-dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti, Maxsus pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari,  talabalari va Jizzax viloyati ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus maktab internati, Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 32-yordamchi maktab internati, Viloyat xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli kar bolalar maxsus maktab internati,  2-sonli zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internati, 5-son davlat ko‘p tarmoqli ixtitsoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida  3-dekabr “ Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”  munosabati bilan “Biz sen bilan bir safdamiz ” shiori ostida  Imkoniyati cheklangan maxsus maktabgacha ta’lim yoshidagi va maxsus maktab o’quvchilariga bildirilgan yuksak ishonch, e’tibor va g’amxo’rlikning amaliy ifodasi sifatida, ma’naviy va moddiy qo’llab – quvvatlab, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida xayriya tadbiri  o`tkazildi.

Tadbirini institut Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. Shundan so‘ng ustoz va talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur yi0ilganlar e’tiboriga havola etildi. Tadbir so‘ngida tashkilotchilari faol ishtirokchilarga shuningdek turli o‘quv muassalaridan kelgan o‘quvchi yoshlarga esdalik sovg‘alari va maxsus diplomlarni topshirishdi.


Ulashish:
987
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.