Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

AYOLLAR FUTBOLINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI

O‘ralov Jasurbek Ravshan o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Xudoyqulov Ro‘ziboy Mamarajab o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi   ANNOTATSIYA Ushbu maqola yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirish yo‘llari, soxada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning fikr-mulohazalari talqin qilingan. Soxani rivojlantirishning eng samarali yo‘llarini amalda tadbiq etishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Ayollar futboli, professional shartnomalar, moddiy-texnik baza, ayollar futbol musobaqalari, Ayollar futboli mutaxassisligi, Ayollar oliy ligase ABSTRACT This article describes ways to develop women’s football in our country, opinions of experts working in the field. It is aimed at implementing the most effective ways of developing the field Keywords: women’s football, professional contracts, financial and technical base, women football competitions, women football spequality, women high league KIRISH Zamonaviy futbol millionlar o‘yinidan milliardlar o‘yiniga aylanib ulgurdi. Futbolning ko‘lami va ahamiyati kundan kun ortib bormoqda. Futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jaxon chempionati Olimpiada musobaqalaridan so‘ng jaxonning eng qiziqarli va tomoshabop musobaqasi bo‘lib turibdi. Zamonaviy futbol nafaqat erkaklar balki, ayollar o‘rtasida ham sevimli sport turiga aylanmoqda. Mamlakatimizda ham futbolga hususan ayollar futboliga bo‘lgan etibor ham yildanyilga ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019-yil 4-dekabr sanasidagi “O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887 sonli farmonida ham mamlakatimizda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ayollar futbolini rivojlantirish, ayollar futbol jamoalarini infratuzilmalarini takomillashtirish, ayollar o‘rtasida chempionat va birinchi liga musobaqalarida raqobatbardosh jamoalarni yaratish, yurtimizda yosh qizlar orasida futbolga qiziqishlarini orttirish borasida bir qator vazifalar belgilangan va bu orqali ayollar terma jamoasi uchun nomzodlarni shakllantirish terma jamoa va klublar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad qilib olingan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2021-yildan boshlab kamida bir yosh toifasida, FIFA tomidan 2 ta yosh toifasida ayollar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish vazifasi qo‘yilganidan keyin, har bir ayollar professional futbol klublari negizida U-14 va U-16 yosh toifasida O‘zbekiston chempionatlari tashkil etildi. 2022-yil ayollar o‘rtasida ayollar musobaqalarida 10 ta jamoa g‘oliblik uchun baxs olib borishdi. 2022-yilgi O‘zbekiston chempionati musobaqasi 3 davrada tashkil etilishi belgilangan va 2-davra yakuniga ko‘ra yuqori besh o‘rinni egallagan jamoalar yakuniy final bosqichida musobaqa g‘olibligi uchun baxs olib borishadi. Bundan tashqari, bu yilgi mavsumdan ayollar o‘rtasida birinchi liga musobaqalari start oldi va 5 ta jamoa g‘oliblik uchun baxs olib borishdi. O‘zPFL va O‘FA tomonidan ayollar futbol jamoalarining U-14 va U-16 jamoalarini shakllantirish va ularga sarf etiladigan harajatlarni hisobga olib, O‘zbekiston chempionati va jamoalardan badal pullaridan ozod etilganligi bu jamoalarning yosh toifasidagi jamoalarga e’tibori va asosiy jamoaning tarkibini shakllantirish uchun asosiy omil bo‘lmoqda. Bundan tashqari, O‘zPFL bu yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma tuzish talabini olib tashlaganligi jamoalar uchun sarf-harajatlarni bir muncha kamayishiga zamin yaratdi. Asosiy maqsad ayollar futbolini rivojlantirishda yosh qizlarni futbolga bo‘lgan qiizqishlarini orttirish va ularni rasmiy musobaqalar orqali mahoratlarini shakllantirishga qaratilmoqda. O‘FA hamda O‘zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida U-14 musobasini hududiy futbol assosiasiyalari yordamida o‘tkazadi. Ayollar jamoalari qoshida esa U-16 jamoalari tashkil etiladi. Bunda: -mazkur yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma imzolash majburiyati bo‘lmaydi, futbolchi qizlar kelishuv bitimi asosida qabul qilinadi. Demak, klublar oylik-maoshlar uchun ortiqcha chiqim qilmaydi; -musobaqa markazlashtirilgan formatda o‘tkaziladi va katta harajatni talab qilmaydi; -U-16 yosh toifasida asosan mahalliy qizlar to‘p suradi. Bu esa yashash va ovqatlanish uchun katta harajat qilishga olib kelmaydi. Pirovardida hududlarda futbolchi bo‘lish istagidagi qizlarning millionlar o‘yiniga kirib kelishi uchun sharoit yaratadi; O‘z navbatida O‘zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida ayollar jamoalaridan badal puli olish odatiga chek qo‘yadi, ayollar jamoalari badal pullarisiz musobaqalarda ishtirok etadi. Orttirilgan pul U-16 jamoasi harajatlariga sarf etiladi. Ayol futbolchilar bilan professional shartnomalar tuzishni targ‘ib etish fikriga 18 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ta’lim muassasalarida ayollar futboli sport to‘garaklari va doimiy hududiy musobaqalar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish fikriga 23 ta ijobiy 2ta salbiy va 3 ta betaraf fikrlar bildirildi. Ayollar futbol jamoalarininig moddiy-texnik bazasini shakllantirish zarurligi fikriga 20 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Va ohirgi so‘rov ayollar futboli mutaxassisligini tashkil etish ayollar futbolini rivoji uchun asosiy omillardan biri bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrga 22 ta ijobiy, 4 ta betaraf va 2 ta salbiy fikrlar bildirildi. Ayol futbolchilar bilan professional shartnomalar tuzishni targ‘ib etish fikriga 18 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ta’lim muassasalarida ayollar futboli sport to‘garaklari va doimiy hududiy musobaqalar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish fikriga 23 ta ijobiy 2ta salbiy va 3 ta betaraf fikrlar bildirildi. Ayollar futbol jamoalarininig moddiy-texnik bazasini shakllantirish zarurligi fikriga 20 ta tarafdor, 5 tadan betaraf va qarshi fikr bildiruvchi bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Va ohirgi so‘rov ayollar futboli mutaxassisligini tashkil etish ayollar futbolini rivoji uchun asosiy omillardan biri bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrga 22 ta ijobiy, 4 ta betaraf va 2 ta salbiy fikrlar bildirildi. XULOSA Yurtimizda ayollar futbolini yanada rivojlantirish, yosh qizlarni futbolga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish borasida bir qator e‟tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar aniqlab olindi. Bulardan eng muhimlari: – Ayollar futbol jamoalarini moddiy-texnik bazasini shakllantirish, turli yosh toifasidagi mashg‘ulotlar va musobaqalar tashkil etish; – O‘zPFL, O‘FA va ta‟lim vazirliklari hamkorlikda maktab, o‘rta va oliy ta‟lim tizimida ayollar futbol musobaqalarini doimiy yo‘lga qo‘yish; – O‘zDJTSU va uning filliallari, pedagogika universitetlari jismoniy madaniyat yo‘nalishi negizida ayollar futboli mutaxassisliklarini ochish va ayollar futboli mutaxassislarini yetqazib berish; – Ayollar futbol jamoalari uchun turli subsidiyalar ajratish. REFERENCES
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr sanasidagi “O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887 sonli farmoni.
  2. Жавлонбек Абдуқахор ўғли Зулхайдаров. Футболчиларни тайёрлаш жараёнидаги мусобақалар фаолияти кўрсаткичларини тахлил қилишнинг ахамияти. Academic research in educational sciences (ares), volume 2, issue 10,764-770.
  3. Абдулахатов А.Р. Зулхайдаров Ж.А. Профессионал футболчиларни жисмоний тайёргарлиги бўйича моделлаштириш меьёрлари. Муғаллим , 1(1)2022, 106-110.
  4. Зулхайдаров Ж.А. Юқори малакали футболчиларни махсус чидамкорлигини ривожлантириш.Интернаука.23(199) 2021г. 55-56.
  5. Zulxaydarov J.A.O‘zbekistonda stritbol-sport turini rivojlantirish. PROSPECTS FOR THE NATIONAL SPORT DEVELOPMENT OF – KURASH. April 8-9.2022. chirchiq-2022.