Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/05/2022
Chop etish
Axborot xizmati faoliyati: ijtimoiy tarmoqlardagi PR.

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar-trening ana shunday nomlandi.

Jamiyat taraqqiyotida jamoatchilik bilan aloqalar – xalq bilan muloqot g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Idora, tashkilot va muassasalarning xalq bilan muloqotini uzviy yo‘lga qo‘yishida Axborot xizmatlari qanday vazifalarni bajarishi zarur? Matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim, tashkilot rahbari hamda matbuot kotibi o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi kerak?  Mana shu kabi muhim savollarga  Uch tepa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari To‘rabek To‘raev o‘z ish tajribasidan kelib chiqib, fikr-mulohazalari  bilan o‘rtoqlashdi, ishtirokchilarga kerakli tavsiyalarni berdi. Jizzax viloyatidagi tashkilot. Idora va muassasalar  matbuot xizmatlari uchun master klass sifatida o‘tilgan ushbu seminar–treningda ijodkor Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari, “Yosh jurnalistlar” maktabining tinglovchilari ham ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Seminar-trening davomida «PR matnlar: o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin» kitobining taqdimot marosimi ham o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga rus tilidan T.To‘raev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan «PR matnlar: o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin» (asar muallifi T.Aslanov) kitobi taqdim etildi.


Ulashish:
1 101
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.