Uncategorized
Uncategorized
|
01/03/2019
Chop etish
AXBOROT XATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli Farmoyishi asosida Jizzax davlat pedagogika institutida 2019 yil 18-19 aprel kunlari “Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzuidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanda ishtirok etish uchun yuqoridagi muammoga qiziqqan, vazirlik tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, murabbiylar mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar taklif etimiz.

Aanjumanda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • boshlang‘ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
  • boshlang‘ich sinflarda ona tili va adabiy ta’limning dorlzarb muammolari.
  • boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomillashtirish.
  • boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash masalalari.

Anjuman materiallari to‘plam holida chop etiladi. Taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart. Qayd etilgan talablarga rioya qilib yozilmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Anjumanda ishtirok etishni hohlovchilar 2019 yil 1 aprelga qadar quyidagi tartibda o‘z maqolalarinii taqdim etishi so‘raladi:

  • ma’ruza materiallarini MS Word dasturida Times New Roman (barcha tildagi maqolalar uchun) 14 shriftda rasmiylashtiriladi;
  • qog‘oz o‘lchovi A4 (210-297 mm);
  • chap tomondan 3 sm, yuqori va quyi tomonlardan 2,5 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm joy qoldirilishi zarur;
  • mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasiga avtomatik tarzda keltirilib yoziladi, keyingi qatorga ma’ruzachining ismi-familiyasi hamda ish-joyi, lavozimi ko‘rsatiladi;
  • qatorlar orasidagi interval 1,5 pt.

            Eslatma: maqolalar 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda topshirilishi lozim. Anjuman materiallarini chop etish uchun mualliflar tomonidan taqdim etilgan maqolaning har bir sahifasiga 15.000 so‘mdan (8600332999926557 plastik karta raqamiga) to‘lanadi. Anjuman dasturiga muvofiq anjuman materiallari (PDF) chop etilishi rejalashtirirlgan.

            Murojaat uchun manzil: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 5-qavat, tel.:+998903283731, e-mail: guljahon1980@mail.ru.

            Konferensiya kordinatori f.f.d. G.Jumanazarova.


Ulashish:
1 447
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.