Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
17/04/2017
Chop etish
ARM yangiliklari

Joriy yilning  17 aprel   kuni   institut axborot –resurs markazida «Axborot-kutubxona haftaligi» doirasida Xorijiy tillar fakultetining Ingliz tili o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Abdushkurov kirish so‘zi bilan  ochib berdi:arm1

“Mazkur mavzuning dolzarbligi avvalo, aynan bizning asrimizda insonlarning ongi va qalbini egallash uchun kurashning har qachongidan ham ko‘proq kuchayib borayotganligi, bu kurashda turli ekstremistik, aqidaparast va mutaassib oqimlar insoniyat tinchligi hamda qadriyatlarga nisbatan katta tahdidga aylanib borayotganligi bilan bog‘liq”.

 Shundan so‘ng, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi ”Terrorizmga qarshi kurash” bo‘limi boshlig‘i, mayor Xolmatov Ma’ruf “Diniy ekstremizm va terrorizm-kelajakka tahdid” mavzusida ma’ruza qildi: ”Bunday tahdid va tajovuzlar biror bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib muayyan moddiy, siyosiy manfaatlarni ko‘zlagan holda amalga oshiriladi”.arm2

Tadbir ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyishi bilan davom ettirildi. Bunda 206, 207, 208-guruh talabalari S.Suvonov, F.Abdullayeva, B.Sohibov, J.Normatov, B.Ubaydullayev, M.Ismatovlar faol ishtirok etdilar.  So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar  Akademiyasi 4-bosqich tinglovchilari Saydaliyeva Sojida hamda Shakarova Shahlo “Ekstremizm, terrorizm va axborot xurujlarining namoyon bo‘lish shakllari” mavzusida chiqish qildilar. Ushbu masala yuzasidan talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Shuningdek, axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan ”Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasi va shu mavzudagi disklar ishtirokchilarga qisqacha sharhlab berildi. So‘ngra, ARM bo‘lim boshlig‘i G.Irgasheva tomonidan mavzuga doir videolavha namoyish etildi.

Tadbirni Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri    R.Norbekova yakunlab,talaba-yoshlarni O‘zbekiston kelajagi uchun, tinch va osoyishta hayotimizni, mustaqilligimizni asrash uchun tayyor turishga chaqirdi.

Tadbir qatnashchilari: 58 kishi

Berilgan adabiyotlar: 73 ta


Ulashish:
1 733
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...