Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
20/09/2019
Chop etish
ARM yangiliklari

Joriy yilning 5-19 sentabr kunlari Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida San’atshunoslik fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining 4-tashabbus-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish. Ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida “1-kurs maktabi” doirasida “Suhbat–ekskursiya” tashkil etildi.

Tadbirda ARM direktor o‘rinbosari G. Shayzakova so‘z olib, Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi to‘g‘risida  ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  ishtirokchilarga bo‘limning umumiy faoliyati, ish tartibi, ARMdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berdi. “Suhbat –ekskursiya” davomida  bosh kutubxonachi D.Axmadjonova talabalarni ARMning barcha bo‘limlari ish faoliyati bilan tanishtirdi.

 


Ulashish:
1 888
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.