E’lonlar
E’lonlar
|
15/07/2022
Chop etish
5 yil stajga ega, lekin oliy pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli kvota haqida ma’lumot

Kimlar topshira oladi?

➖Xalq ta’limi tizimida ishlayotgan;

➖kamida 5 yil stajga ega;

➖oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar.

Tartibi qanaqa?

➡hech qaerdan alohida tavsiyanoma olish shart emas yoki DTM saytida imtiyoz bor degan ma’lumot ko‘rinmaydi;

➡ O‘qituvchilar my.gov.uz saytida oddiy abiturient sifatida 20 iyulgacha (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishlari kerak;

➡ Birinchi yo‘nalish sifatida 1000 ta imtiyozli kvota belgilangan sirtqi yo‘nalishlardan birini tanlash kerak. Ro‘yxat bu yerda;

➡ 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishni tanlash mumkin. Agar bor bo‘lsa, kunduzgi, kechkini ham tanlash mumkin;

➡Testga ham oddiy abiturient sifatida kirib chiqishadi;

➡ Agar o‘zlari olgan ball bo‘yicha beshta yo‘nalishdan biriga o‘qishga kirib ketishsa, unda ularga ushbu maqsadli kvota qo‘llanmaydi;

➡Ushbu maqsadli mingta kvota o‘qishdan yiqilgan pedagoglarga qo‘llanadi;

➡ Yiqilgan o‘qituvchilar maqsadli kvota doirasida ballar ketma-ketligida o‘qishga tavsiya qilinadi.

O‘qish to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Ushbu imtiyoz o‘qishdan yiqilganlarga faqat maqsadli mingta kvota beradi, lekin kontrakt pulini o‘qituvchilarning o‘zlari to‘lashi kerak.

Bu 5 yil stajga ega xotin-qizlarga beriladigan 500 ta kvota emas. U boshqa, bu boshqa, adashtirib qo‘ymang.


Ulashish:
1 364
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.