Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2020
Chop etish
21 oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan кун

Ona Tilim

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,

She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.

Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,

Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,

Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,

Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,

O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,

Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,

Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,

Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Bir qarasam har shevangda ming jilolar

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,

Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,

Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

                                                         Muhammad Yusuf

 

 


Ulashish:
2 712
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.