Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2021
Chop etish
 Konstitutsiya kuni keng nishonlandi.

Har qanday davlatning yuzi, obro‘ – e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.

Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligini nishonlamoqdamiz. Bugun Jizzax davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida aynan yuqoridagi fikrlar ta’kidlab o‘tildi.

 

Harbiy orkestr ijrosidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar o‘tgan davr mobaynida xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri, aql-zakovatining ko‘zgusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning hayotiy negizi naqadar mustahkam ekanligiga, u xalqaro talablarga har tomonlama mos kelishini ta’kidladi. Shundan so‘ng tadbirning madaniy qismiga navbat berildi. Unda institutning Musiqiy ta’lim  fakulteti talabalari  o‘zlarining badiiy konsert dasturlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi. Tadbir so‘ngida  bir guruh faol professor-o‘qituvchilar va talabalarga institut rektori tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Haydarov Ismoil O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich 302-guruh talabasi “YoSh IJODKORLAR” klubi a’zosi


Ulashish:
978
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.