Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
11/04/2025
Chop etish
E’LON.
YUNESKOning Global Fuqarolik Ta’limi bo‘yicha 24-Xalqaro O‘quv Mashg‘ulotiga Tanlov!

YUNESKOning Xalqaro hamjihatlik ta’limi markazi (APCEIU) tomonidan 2025-yil 16–20 iyun kunlari Koreya Respublikasining Seul va Konvo shtatlarida bo‘lib o‘tadigan “24-Xalqaro Hamjihatlik va Global Fuqarolik Ta’limi” mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotiga tanlov e’lon qilindi.

📌 Tanlovning maqsadi:
Global fuqarolik ta’limi orqali o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish va ularni tinchlik madaniyati ruhida tarbiyalash.

🎓 Ishtirok etish talablari:
– Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar
– Quyidagi onlayn kursni yakunlagan bo‘lishi shart:
📎 [GCED Online Course havolasi](https://www.gcedonlinecampus.org/course/view.php?id=172#section-0)

📄 Ariza topshirish tartibi:
– Nomzodlar arizani ingliz yoki fransuz tilida to‘ldiradilar
– Anketa shakli quyidagi havola orqali 2024-yil 20-aprelgacha topshirilishi lozim:
📝 [Ariza shakli – Google Forms](https://forms.gle/gbfbem5pJUmqLatS8)

🌐 Imkoniyatdan foydalaning – xalqaro miqyosda bilim va tajriba orttiring!
📅 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2024-yil 20-aprel 📨

Murojaat uchun: +99 890 182 11 58

💎@jdpu_xalqaro_faoliyat


Ulashish:
638
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Geografiya ta’limini modernizatsiyalash sharoitida yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjuman geografiya ta’limining bugungi holati, ustuvor yo‘nalishlari hamda global...
Jizzax davlat pedagogika universitetida sportga oid davlat siyosati ijrosi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan universitetda sportni rivojlantirish holati o‘rganildi.
JDPUda sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi sport bayramiga aylandi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan jamoalarni e’tirof etish bilan boshlandi.